BINORA qurilish CRM
00

Shaxmatkadan shartnomagacha

Xonadonni bosasiz, bron qilasiz, shartnoma tuzasiz — to'lov grafigi o'zi hisoblanadi. Yoningizdagi sotuvchi buni o'sha soniyada ko'radi.

ish tartibiBron → shartnoma → to'lov grafigi → qarzdorlik
kanallarShaxmatka, voronka, SMS, qo'ng'iroq — bitta hisobda
ma'lumotHar kompaniyaniki bazada alohida ajratilgan
SHAKL 1 Shaxmatka: xonadon holati real vaqtda shaxmatka · xonadon holati real vaqtda
01

Excel va WhatsApp o'rnida bitta tizim

Chapdagi ro'yxat hozir har quruvchida bor. O'ngdagisi — o'sha ishning bitta tizimdagi ko'rinishi.

hozir

  • Excel shaxmatka
  • WhatsApp guruhidagi bron
  • Qog'oz to'lov jadvali
  • Qarzdorlar daftari
  • Bloknotdagi qo'ng'iroqlar

Binora

  • Bitta shaxmatka, hammaga bir xil
  • Muddatli bron, o'zi bo'shaydi
  • Grafik shartnoma bilan tuziladi
  • Qarzdorlik har kuni qayta hisoblanadi
  • Qo'ng'iroq mijoz kartasida qoladi
02

Sotuv bo'limining butun ishi

Har bo'lim alohida dastur emas — bitta xonadon bron qilinganda shartnoma, to'lov grafigi va statistika o'zi yangilanadi.

2.1 Shaxmatka

Butun majmua bitta ekranda. Xonadon rangi holatini aytadi, ustiga bosilsa narxi, maydoni va planirovkasi ochiladi.

2.2 Bron

Muddatli bron: tugashiga oz qolganda ogohlantiradi, muddati o'tsa xonadon o'zi bo'shaydi va yana sotuvga chiqadi.

2.3 Shartnoma

Boshlang'ich to'lov, oyliklar va kalit topshirishdagi qoldiq — to'lov grafigi shartnoma tuzilganda o'zi hisoblanadi.

2.4 To'lovlar

Har to'lov grafikka navbati bilan taqsimlanadi — qaysi oy yopilgani va qanchasi qolgani o'zidan ko'rinib turadi.

2.5 Qarzdorlik

Kechikkan to'lovlar har kuni qayta hisoblanadi va undirish voronkasiga tushadi — hech kim ro'yxatni qo'lda tuzmaydi.

2.6 Sotuv voronkasi

Lidlar bosqichma-bosqich. Har karta ichida yozishma, qo'ng'iroq, topshiriq, SMS va shartnomaga o'tish tugmasi.

2.7 Qo'ng'iroqlar

Brauzerdagi telefon. Mijoz qo'ng'iroq qilsa uning kartasi o'zi ochiladi, suhbat yozuvi o'sha kartada qoladi.

2.8 SMS

Shartnoma, to'lov va eslatma xabarlari shablon bo'yicha yuboriladi — har biri mijoz kartasida qoladi.

2.9 Rollar

Har lavozimga o'z ruxsati: kim narxni o'zgartira oladi, kim shartnoma tuzadi, kim faqat ko'radi.

03

Lid bosqichdan bosqichga o'tadi

Har karta ichida yozishma, qo'ng'iroq, topshiriq va SMS turadi. Karta ko'chganda ustun hisobi ham o'sha zahoti o'zgaradi.

SHAKL 2 CRM voronka · asosiy sotuv
04

To'lov grafigi qo'lda yozilmaydi

Shartnoma summasi uchga bo'linadi va grafik o'zi tuziladi. Keyin har kelgan pul shu grafikka navbati bilan yopishadi.

  • Boshlang'ich to'lov, teng oyliklar va kalit topshirishdagi qoldiq
  • Chegirma, muddat va to'lov kuni — har shartnomaga alohida
  • Shartnoma hujjati tayyor holda chiqadi
SHARTNOMA № 506 540 000 000 UZS
105.09.2026 boshlang'ich150 000 000
204.10.202612 500 000
304.11.202612 500 000
404.12.202612 500 000
12 oy davomida150 000 000
1404.10.2027 topshirishda240 000 000

Kechikkan to'lov o'zi ko'rinadi

Har kecha barcha shartnomalar qayta hisoblanadi. Muddati o'tgani undirish voronkasiga karta bo'lib tushadi — mijozning ismi, raqami va qancha kechikkani bilan.

  • Karta ichidan qo'ng'iroq va SMS — boshqa bo'limga o'tilmaydi
  • Qarz yopilsa karta o'zi «to'lov qildi» bosqichiga o'tadi
  • Suhbat va to'lov tarixi kartada saqlanib boradi
yangi qarzdor
506+998 90 123 45 67150 000 000 · 3 kun
311+998 91 234 56 7812 500 000 · 12 kun
204+998 93 345 67 8925 000 000 · 41 kun
bog'lanildi
407+998 94 456 78 9012 500 000 · 6 kun
608+998 97 567 89 0137 500 000 · 24 kun
05

Ishga tushirish — bir necha kun

Majmuani biz yuklaymiz va xodimlar bilan birga sozlaymiz. Sizdan faqat ro'yxat va bir necha soat vaqt kerak.

1-kun

Majmuani yuklaymiz

Bino, qavat, xonadon, maydon, narx va planirovkalar — mavjud ro'yxatingizdan.

1-kun

Xodimlarni qo'shamiz

Har lavozimga o'z ruxsati: sotuvchi, ROP, buxgalter, rahbar.

2-kun

Sotuvni boshlaysiz

Bron, shartnoma va to'lov grafigi shu kunning o'zida ishlaydi.

keyin

Nazorat qilasiz

Qarzdorlik, tushum va xodimlar kesimidagi statistika — kunlik.

06

Majmua hajmiga qarab

Narx xonadonlar soni va xodimlar soniga bog'liq, shuning uchun uni qo'ng'iroqda aytamiz — ortiqcha narsa uchun to'lamaysiz.

 

Boshlang'ich

Bitta majmua sotayotgan kichik jamoa uchun.

  • Shaxmatka va katalog
  • Bron va shartnoma
  • To'lov grafigi va qarzdorlik
  • Rollar va ruxsatlar
So'rov qoldirish

ko'p tanlanadi

Biznes

Sotuv bo'limi va bir nechta majmuasi bor kompaniyaga.

  • Boshlang'ichdagi hamma narsa
  • Sotuv voronkasi va topshiriqlar
  • SMS va qo'ng'iroqlar
  • Showroom va statistika
Demo olish

 

Korxona

Filiallari va o'z talablari bo'lgan yirik quruvchiga.

  • Biznesdagi hamma narsa
  • Filiallar va bo'limlar
  • Alohida server va integratsiyalar
  • Shaxsiy yordam xodimi
Bog'lanish

ko'chirish, sozlash va xodimlarni o'rgatish — narxning ichida

07

Ko'p so'raladiganlari

Ma'lumotlarimizni boshqa kompaniya ko'ra oladimi?

Yo'q. Har kompaniyaning ma'lumoti bazaning o'zida alohida ajratilgan — so'rov qanday yozilishidan qat'i nazar, bir kompaniya ikkinchisining qatorlarini o'qiy olmaydi. Ichkarida esa xodim faqat lavozimiga berilgan ruxsat doirasini ko'radi.

Hozirgi Excel shaxmatkamizni ko'chira olamizmi?

Ha. Majmua, binolar, qavatlar, xonadonlar, maydonlar va narxlarni biz yuklab beramiz — sizdan mavjud ro'yxat kerak. Sotilgan xonadonlar va amaldagi shartnomalar ham ko'chiriladi.

Telefon tizimimiz ulanadimi?

Ha, SIP orqali. Kiruvchi qo'ng'iroq mijoz kartasini o'zi ochadi, chiquvchisini brauzerdan qilish mumkin, suhbat yozuvi esa o'sha kartada qoladi.

Bir nechta majmuamiz bor — hammasi bitta tizimda bo'ladimi?

Ha. Har majmua o'z shaxmatkasi va narxi bilan alohida turadi, statistika esa ham har biri bo'yicha, ham umumiy ko'rsatiladi.

Xodimlar o'rganib keta oladimi?

Tizim sotuvchining kundalik ishiga qarab qilingan: xonadonni bosasiz, bron qilasiz, shartnoma tuzasiz. Ishga tushirishda xodimlar bilan birga o'tiramiz va savollar tugaguncha yordamlashamiz.

Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?

Ma'lumot serverda turadi, kompyuterda emas — ulanish tiklanganda hammasi joyida bo'ladi. Bir vaqtda bir necha sotuvchi ishlasa ham, o'zgarish hammasiga darhol yetib boradi.

08

Majmuangizni ko'rsating — shaxmatkasini yig'ib beramiz

Demo 20–30 daqiqa. Sizning xonadonlaringiz va narxlaringiz bilan ko'rsatamiz, umumiy taqdimot emas.